Shu gaplar haqida hozir o'ylab qoldim, albatta bu gaplarga emotsiya qo'shilgani aniq edi. Chunki shuncha o'quvchilarga ilm berish uchun kelasanu hech qanday o'quvchilarning noroziligisiz seni ishdan bo'shatishsa. Maqsadim o'sha 2 ta guruhimdagi o'quvchilarni kasbli qilish edi. Mani faqat shundan sal ko'nglim og'ridi xolos. Ish faqat Najot Ta'limda emas, boshqa joyda ham topiladi.
Lekin shu 2 ta guruhimni o'zim ham yaxshi ko'rardim, o'qiydigan o'quvchilar ko'proq edi. Shuning uchun ham topshirmaslikka harakat qilardim, boshqa ishlarim ko'p bo'lsa ham !
Rasmdagi gaplarni kelinglar boshqacharog'iga o'zgartiramiz:Najot ta'lim jamoasiga rahmat, meni tajribamni o'stirishda ancha yordam berishdi, mendan rozi bo'lishsin (emotsiya paytida aytilgan gaplar edi yuqoridagilar). Zo'r jamoa yig'ilgan (buni ketganimdan keyin his qildim). In shaa Alloh, o'zim ham shunday jamoa yig'aman deb niyat qildim. Shuncha ishlaganim, tajriba orttirganim va menga qilingan barcha boshqa yaxshiliklar uchun juda katta rahmat.
O'zimdan shunday katta o'quv markaz uchun 3 yil davomida rivojlantirgan o'quv rejamni qoldirib ketganimdan xursandman (ba'zida ichidan
abdulazizprogrammer degan joylari chiqib qolsa duo qilib qo'yarsila). Muhimi o'quvchilar yanayam sifatli ta'lim olishsin, maqsadimiz ham shu aslida.
Hali bu o'quv reja ustida ancha ishlayman. Yaqin 1 oy ichida balki kitob qilib ham chiqararman. Albatta hali 100% mukammal emas edi, lekin 1 oy ichida juda mukammallashtiraman, oldin kamida middle darajasidagi interviewlarga tayyor bo'ladigan o'quvchilarni tayyorlardim, bor ilmimni berardim. Yaqin orada o'zim ham senior darajasiga yetish uchun 1-2 ta o'rganmagan narsalarimni o'rganib, ularni ham o'quv rejaga qo'shib, o'quvchilarni seniorlikka tayyorlarman balki (man faqat interview jihatdan aytyapman xolos, tajriba jihatdan emas).
O'zi o'quv rejamga ko'ra o'quvchilar 3 ta real proyekt tugatishardi. Endi xudo xohlasa, 5 tagacha tugatishadi. Rejalar katta ! 1 yil ichida senior chiqara olmaymizmi ? 😅
HURMAT BILAN ABDULAZIZ PROGRAMMER