TGViewer
ABDULAZIZ PROGRAMMER ABDULAZIZ PROGRAMMER @abdulazizprogrammer · 262 subscribers
Post #1112 933
🥹 Nima uchun kursim narxini bunchalar arzon qilib qo’yganimni tarixini aytib bermoqchiman.

O'qish vaqti: 2 minut-u 28 sekund

Dasturlashga asosiy qiziqishim 7-sinfligimdan boshlangandi. PASKAL tili hamda HTML ni ustozsiz oz-moz o'rganib olimpiadalarda qatnashardim.

Jiddiy niyat bilan esa 2019-yilda dasturlash olamiga kirganimda TATUda soddagina 1-kurs talaba edim.

O'sha paytlar Toshkentda kurslar narxi qimmat, yaxshi dars o’tadigan Ustozlar kam edi. Daromad topadigan joyim yo’q, faqat stipendiyaga qarab qolgan bir oddiygina talaba edim.

Har yakshanbada mardikor bozorga chiqardim. Ba’zi bir o’quvchilarga esa uylariga borib matematikadan dars o’tib pul topardim.

Ammo bunday yuraverish kelajagimni o’ldirishini, qalbimdagi dasturchi bo’lish orzusini sindirishini bilardim.

Uydegilarimdan pul so’rashga esa uyalardim. Tumanimizda kurs narxlari oyiga 100.000 so’m edi. Toshkentda esa dasturlash kurslari kamida 500.000 so’m.

Agar bu haqida uydagilarimga aytsam aniq rozi bo’lishmasdi. Chunki o’zi juda qiynalgan oila edik.

Arang ayamga aytib dadamni ko’ndirib xarajatlarim uchun plastigimga 300.000 so’m pul tashlatib oldim. O’zim esa arang-arang orttirib-orttirib dasturlash kurslariga qatnashishni boshladim.

Ana o'sha paytda man agar dasturlashni yaxshilab o'rgata oladigan darajada o'rgansam kurs narxini juda arzon qilib qo'yaman degan maqsadni o'z oldimga qo'ygan edim.

Kursga qatnasharkanman hozir eslasam o’sha o’tilgan narsalar kapeyka ekanini, shuncha to'lab sifatsiz kursga qatnashganimni afsus bilan yodga olaman.

O’sha paytlarda HTML, CSS, Javascriptni tugatib ham hech nima qila olmasdim. Kurs oxiriga yetmadi sababi karantin bo’lib qoldi. Keyin esa qishloqqa qaytdim. Qishloqda o’sha paytlar ish sezoon, o’qishga esa vaqt yo’q. Onda-sonda u-bu narsalarni takrorlab qo’yardim unutmaslik uchun.

2020-yil avgust oyida shunaqa yuraversam orqaga ketaverishimni tushundim va ilm olishga jiddi-jahd qilib uydegilar bilan tortishib bo’lsada yana Toshkentga qaytdim. Rizq borasida esa Allohga tavakkal qildim.

Ana o'sha qilgan jiddi-jahdim meni yaxshi-yaxshi dasturchi sheriklar va ustozlar bilan yanada bilmimni mustahkamlashimga sabab bo'ldi. Ba'zi kompaniyalarda amaliyot o'tadim.

Shuningdek, orada Nozimjon ustozimning 1 oylik REACTJS kursida o'qib ham oldim chunki baribir ustoz kerakligini tushunib yetgandim. O'zimga qilgan eng katta investitsiyalarimdan biri deb shuni bilaman.

Va 2021-yildan 1-bo'lib 200$ daromadimni topdim va bu daromad oshib-oshib borib 2000$ gacha ko'tarildi.

Matematika bo'yicha pedagoglik qobiliyatim dasturchilikda ham o'z omadimni sinab ko'rishimga undadi. Asta-sekin 2021-yil o'rtalaridan mentorlikni ham boshladim. Chunki ungacha anchagina tajribaga ega bo'lib qolgandim.

To'g'ri, boshida kamchiliklar bo'lgandi, ammo o'sha paytda qo'limda o'qigan o'quvchilarim ichida hozirda middle darajasida ishlaydiganlari ham bor.

Hozir shukrki, kuchli va mukammal o'quv rejam asosida ko'pchilik o'quvchilarga dasturlashni o'rgatib, ularning mahalliy va xalqaro kompaniyalarda ishlashlariga yordam berib kelyapman.

Yuqoridagi mening hikoyamni o'qiganligingizni bilishim uchun quyida sizga ba'zi savollarni bermoqchiman 👇

1. Siz qachon dasturlashni o'rganishlikka, ilm olishlikka jiddi-jahd qilmoqchisiz ?

2. Ustozsiz natijaga erishish juda qiyin ekanligini qachon tushunib yetasiz ?

3. Bir narsadan kechmasdan bir narsaga erishib bo'lmasligini qachon anglaysiz, qachon o'zingizga inversitetsiya qilasiz ?


Hurmat bilan AbdulazizProgrammer

@abdulazizprogrammer
  • 👍 30
  • 👏 9
  • 😢 3
  • 🔥 2
More from @abdulazizprogrammer
  1. Sep 2, 2026🔴 AI integrator kerak. — Kompaniya: PEFREX HOLDING — Oylik: 5 mln - 10 mln so'mgacha — Gr…
  2. Dec 15, 2024#meme Instagram | Telegram | Youtube
  3. Dec 14, 2024Mana tashadim. Oxirgi gapi zo'r bo'ldi lekin 😄 Bu yerda shuncha qirrali, ko‘p qobiliyatli…
  4. Dec 14, 2024Eee qoyile 0.5 soat ham bo'ladiku 😄
  5. Dec 14, 2024CHATGPTga shunaqa yozish hozir trendda ekan 😄 Menga barcha ma’lumotlaringdan foydalangan…
  6. Dec 8, 2024Assalomu alaykum yaxshimsz man slani darslaringa yozilishimdan oldin Mohirdevda 500mingdan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →